Вверх

Yuqoriga

Юқорига

Shamollash kasalligi to’g’risida uydirmalar va haqiqiy holat

Shamollash kasalligi to’g’risida uydirmalar va haqiqiy holat

Yuqori nafas yo’llarining o’tkir darajali respirator virus infeksiyasi (O’RVI), ko’proq shamollash kasalligi sifatida ma’lum bo’lib, butun dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. O’RVI simptomlarini chaqiradigan viruslar juda ko’pligi tufayli odamlar yiliga bir necha marta va hayoti davomida o’nlab marta shamollash bilan kasal bo’lishlari mumkin.

Aksariyat holatlarda, shamollash jiddiy simptomlarni chaqirmaydi va jiddiy asoratlar rivojlanishiga olib kelmaydi. Kasallikning davom etish muddati, garchi ko’pchilikda yo’tal, aksirish, burun bitib qolishi kabi qoldiq simptomlar ikki haftagacha saqlanib qolsada, odatda, uch kundan yetti kungacha davom etadi.

Shamollash paydo bo’lishi asosiy sabablari va uni davolash usullari atrofida ko’pincha dalil-isbotli tibbiyot tamoyillariga zid bo’lgan ko’plab yanglish fikrlar aylanib yuradi. Ushbu maqolada biz mazkur mavzuga tegishli eng mashhur uydirmalarni fosh qilamiz.

1-uydirma: Shamollab qoldim, chunki ust-boshim ho’l bo’ldi va/yoki sovqotdim.

Haqiqiy holat: Shamollash kasalligi, asosan, odamdan odamga organizm suyuqligi orqali yuqadi, masalan, bemor odamlar aksirganida, yo’talganida yoki burun qoqilganida. Shamollash kasalligini chaqiradigan viruslar kamroq hollarda zararlangan yuzaga qo’l tekkizilganida yuqishi mumkin. Tegishli ravishda, Siz oddiy ko’chaga sochingiz ho’l holatda chiqqanligingiz yoki sovuq kunda yengil kiyim bilan aylanib yurganligingiz tufayli shamollash mumkin emas. Shunday qilib, Sizda xonada, ayniqsa, boshqa odamlar bilan yaqin aloqada bo’lganingizda xuddi shunday mikroblar ta’siriga uchrash ehtimoli mavjud.

Past haroratlarning infeksiyalarga moyillikni oshirishi aniq sabablari noma’lum bo’lib qolmoqda, biroq 2022 yil 6 dekabrda Allergiya va klinik immunologiya jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotlar natijalarini qayd etish kerak, unda nima uchun shamollash holatlari yilning sovuq davrida ko’proq yuzaga kelishini izohlaydigan birinchi biologik mexanizm namoyish etilgan [1]. In vitro eksperimentida isbotlanganidek, burunning iliq hujayralari quyiroq haroratlar ta’siriga uchraydigan burun hujayralariga nisbatan shamollashni chaqiradigan viruslardan yanada kuchliroq himoyani ta’minlaydi.

2-uydirma: Shamollash kasalligi grippga o’tishi mumkin.

Haqiqiy holat: Gripp va shamollash kasalligi turli xil viruslar bilan chaqiriladi. Masalan, rinoviruslar (ularning 100 tadan ko’proq kichik turlari mavjud) aksariyat holatlarda shamollash kasalligini chaqiradi. Agar Siz yoki bolangiz gripp bilan kasallangan bo’lsa, bu, birinchi navbatda, gripp virusi bilan chaqirilgan bo’ladi. Shunday qilib, shamollash kasalligi grippga “aylanishi” mumkin emas.

Ushbu ikki turdagi kasalliklar o’xshash simptomlarga egaligi tufayli o’zini his qilishga asoslangan holda ular o’rtasidagi farqni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Shamollash kasalligi bo’lgan odamlarda ko’pincha tumov yoki burun bitib qolishi paydo bo’ladi. Bundan tashqari, shamollash, odatda, sog’liq bilan bog’liq jiddiy muammolarga va shifoxonaga yotqizilishga olib kelmaydi. Gripp simptomlari, odatda, shamollash simptomlariga nisbatan jiddiyroq bo’ladi.

Haqiqiy holat: Muayyan ozuqaviy qo’shimchalar, shu jumladan C vitamini va rux shamollash kasalligini davolash yoki profilaktika qilish uchun reklama qilinadi. Aslida esa ular shamollash simptomlarini kamaytirishi yoki hatto kasallik davom etish muddatini qisqartirishining ishonchli dalil-isbotlari yo’q.

C vitaminining profilaktik qo’llanishi shamollash kasalligining davom etish muddatini qisqartirishi to’g’risida ayrim ma’lumotlar bor, biroq bu uning kundalik qo’llanishini tavsiya etish uchun yetarli emas [2]. Ko’pchilik odamlar C vitaminini o’z oziq-ovqat rasionidan oladilar, ozuqaviy qo’shimchalar esa, reseptsiz sotilsa ham xavfsiz bo’lmasligi mumkin, chunki nojo’ya ta’sirlarni chaqiradi va boshqa dori preparatlari bilan o’zaro ta’sir etadi.

Bir necha tadqiqotlarda ham rux O’RVI simptomlari davom etish muddatini qisqartirishi mumkinligi namoyish qilingan [3]. Shunga qaramay, ruxdan noaniq afzalliklari tufayli foydalanish tavsiya etilmaydi [ 4].

3-uydirma: Antibiotiklar qo’llanishi shamollashni tezroq davolashga yordam beradi.

Haqiqiy holat: Antibiotiklar shamollash kasalligini davolashda hech qanday rol o’ynamaydi [5]. Bundan tashqari, antibiotiklar shamollash kasalligi kechishini o’zgartirmaydi va ikkilamchi asoratlar oldini olmaydi, biroq sezilarli nojo’ya ta’sirlarni chaqirishi mumkin va bakteriyalarning mikrobga qarshi preparatlarga rezistentligini oshirishga sabab bo’lishi mumkin [6]. Antibiotiklardan foydalanishni aniq tashxislangan ikkilamchi bakterial infeksiyalar, shu jumladan bakterial o’rta otit, sinusit va zotiljam kasalligi uchun qoldirish kerak.

Shamollashda o’zini yengilroq his etish uchun nima qilish kerak?

Aslida shamollash kasalligini chaqiradigan viruslarni spesifik davolash mavjud emas. Aksariyat davolash usullari O’RVI ayrim simptomlarini yengillashtirishga yo’naltirilgan, biroq ular kasallik davom etish muddatini qisqartirmaydi va kasallikni davolamaydi.

Ko’proq dam olish, shuningdek ko’p suyuqlik ichish juda muhim. Ko’p suyuqlik ichish, agar Sizda tumov yoki isitma tufayli ko’p terlash bo’lsa, organizmda suyuqlik yo’qotilishini to’ldirishga yordam beradi. Bundan tashqari, agar uydagi havo quruq tuyulsa, namlagichdan foydalanish mumkin. Bu burun bitib qolganida yordam berishi mumkin va nafas olishni yengillashtiradi.

Tomoqdagi og’riq, bosh va mushak og’rig’i, isitmani parasetamol yoki ibuprofen kabi og’riqsizlantiradigan va isitmani tushiradigan preparatlar bilan bartaraf etish maqsadga muvofiq. Mavjud tadqiqotlar ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, parasetamol va ibuprofen qo’llanishi shamollash bilan bog’liq ayrim simptomlarni yengillashtirishda taxminan ekvivalent, shuningdek xavfsiz hisoblanadi va bemorlar tomonidan yaxshi o’tkaziladi [7].

Tuzli nazal spreylar tumov va burun bitib qolishini yengillashtirish uchun foydali bo’lishi mumkin. Dekongestantlar ham burun bitib qolishini vaqtincha yengillashtirishi mumkin, biroq ulardan hech qachon ikki-uch kundan ko’proq foydalanilmaslik kerak, chunki bu burun bitib qolishini yomonlashtirishi mumkin.

Aksariyat pasiyentlarda yo’talga qarshi dori preparatlari faqat biroz foyda keltiradi, ulardan haddan tashqari foydalanish esa nojo’ya ta’sirlarni chaqirishi mumkin [8].

Bundan tashqari, Siz O’RVI tarqalishi oldini olishi mumkin bo’lgan harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin:

● Qo’lingizni tez-tez sovunli suvda yuving. Bu gripp va COVID-19 kabi boshqa kasalliklar tarqalishi oldini olishga ham yordam berishi mumkin.

● Yo’talishda og’izni berkiting – qo’lga emas, balki tirsakka yo’taling.

● Yuzalarni tozalang – shamollash kasalligini chaqiradigan viruslar stollar, eshik tutqichlari va boshqa yuzalarda eng kamida 2 soat yashashi mumkin.

● Agar Siz betob bo’lsangiz, uyda qoling. Agar Siz boshqa odamlar yonida bo’lishingiz kerak bo’lsa, o’zingizni yaxshi his qilguningizgacha yuz uchun niqobni taqib yurish to’g’risida o’ylab ko’ring.

  1. Di Huang et al. Cold exposure impairs extracellular vesicle swarm–mediated nasal antiviral immunity. The Journal of Allergy and Clinical Immunology, December 06, 2022
  2. Shields MD, Bush A, Everard ML, et al. BTS guidelines: Recommendations for the assessment and management of cough in children. Thorax 2008; 63 Suppl 3:iii1.
  3. Kenealy T, Arroll B. Antibiotics for the common cold and acute purulent rhinitis. Cochrane Database Syst Rev 2013; :CD000247.
  4. М. Moore et al. Little Ibuprofen, paracetamol, and steam for patients with respiratory tract infections in primary care: pragmatic randomised factorial trial. BMJ. 2013;347:f6041. Epub 2013 Oct 25.
  5. S.M. Smith et al. Over-the-counter (OTC) medications for acute cough in children and adults in community settings. Cochrane Database Syst Rev 2014; :CD001831.