Tez-tez kasal bo’ladigan bola: immunitetni qanday ko’tarish kerak?
Deyarli har bir ota-ona hayotida shunday savollar yuzaga keladigan davr boshlanadi: “Mening farzandim haddan tashqari tez-tez kasal bo’lmayaptimi? Uning immun tizimi bilan nimadir yuz berganmi?”. Baribir bola qayta va qayta kasal bo’ladi. Demak, shamollash va boshqa infeksiyalar bolada haddan tashqari tez-tez yuz berayotganligi to’g’risida xavotirlanish kerakmi va buni qanday oldini olish kerak?
Bola uchun yiliga necha marta kasal bo’lish – norma hisoblanadi?
Aslida, bola yiliga bir necha marta respirator va/yoki me’da infeksiyalari bilan kasallanishi mumkinligi mutlaqo me’yoriy holat hisoblanadi. Xususan, chaqaloq va maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar o’rtacha yiliga yetti-sakkiz marta shamollash kasalliklari bilan bemor bo’ladilar, maktab yoshidagi bolalar yiliga besh-olti marta kasal bo’ladilar. O’smirlar kamroq kasal bo’ladilar – taxminan yiliga to’rt martagacha. [1]. Shamollash kasalligi, odatda, kuz va qishda, bolalar xona ichida va bir-biriga yanada yaqin aloqada bo’ladigan davrda ko’proq uchraydi. Shamollash kasalligidan tashqari, bolalar taxminan yiliga ikki-uch marta qusishsiz yoki qusish bilan ichaklar infeksiyalari bilan ham kasallanishlari mumkin. [2].
Yoshroq bo’lgan bolalar kattaroq yoshdagi bolalarga va katta yoshdagilarga nisbatan ko’proq shamollash kasalligiga uchraydilar, chunki ular organizmida hozircha 100 tadan ko’proq turli xil, shuningdek mutasiyalanishi mumkin bo’lgan viruslarga immunitet (himoya) ishlab chiqarilmagan bo’ladi. Shu tufayli, bola tez-tez shamollash kasalliklari bilan betob bo’lishi mumkinligi asosiy sababi bolaning doimo yangi viruslar ta’siriga uchrashidan iborat. Organizmda viruslarga immunitet ishlab chiqarilishiga ko’p yillar talab qilinadi. Bundan tashqari, bolalar bog’chasiga yoki maktabgacha muassasaga boradigan bola tez-tez infeksiyalarga uchraydi. Biroq, shu bilan birga, yangi viruslar bilan “tanishuv” bola organizmida ushbu viruslarga immunitet ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bolaning akalari va opalari ham maktabdan yaxshigina viruslar tashuvchilar hisoblanadi. [3].
Bolada nimadir yanada jiddiyroq, masalan, immun tanqislik borligi haqida qachon o’ylab ko’rish kerak?
Yuqorida qayd etilganlardan ma’lum bo’lishicha, tez-tez shamollash bilan kasal bo’lish immun tizim kuchsizligi belgisi emas. Bu, oddiy, bola organizmi ko’plab viruslar ta’siriga uchrashini anglatadi.
Shamollash kasalligi yanada jiddiy muammolarga olib keladigan holat bolaning immun tizimi bilan nimadir yuz berganligi to’g’risida o’ylab ko’rish uchun sabab hisoblanadi. Muayyan “qizil bayroqlar” quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin [4]:
- Bolani tez-tez shifoxonaga yotqizish zarurati va har bir kasallikdan so’ng vena ichiga antibiotiklardan foydalanishga ehtiyoj;
- Bolada jigar yoki qorajigar kabi ichki a’zolar shikastlanishi bilan infeksiyalar rivojlanadi;
- Infeksiya joylaridan tipik bo’lmagan agressiv mikrofloralar tarqalishi;
- Yil davomida sakkizta yoki undan ko’proq quloq infeksiyasi;
- Yil davomida ikkita yoki undan ko’proq burun bo’shliqlari jiddiy infeksiyasi;
- Sog’liq biroz yaxshilanishi bilan ikki oy yoki undan ko’proq vaqt davomida antibiotiklar qabul qilish;
- Yil davomida ikki yoki undan ko’proq zotiljam kasalligi holatlari;
- Teri yoki a’zolarning qaytalanuvchi chuqur abssesslari;
- Bola hayotining 1 yilidan so’ng og’izda yoki boshqa joylarda persistirlovchi til oqarishi (elikish);
- Birlamchi immun tanqisligi oilaviy anamnezi.
Bundan tashqari, agar Sizning 3 yoshdan katta yoshdagi farzandingiz, asosan, gulchang mavsumida bir oy va undan uzoqroq vaqt davomida ko’p aksirsa, biroq isitmasiz va shamollash kasalligining boshqa simptomlarisiz burundan shaffof ajratmalar kelsa, shuningdek obstruktiv bronxitlar bilan tez-tez kasal bo’lsa, unda ingalyasion allergiya mavjudligi to’g’risida o’ylab ko’rishingiz va o’z shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Bola haddan tashqari tez-tez kasal bo’ladi – nima qilish kerak?
O’z bolalarining kasal bo’lishlari takrorlanish tezligidan xavotirlangan barcha ota-onalar bajarishi mumkin bo’lgan eng muhim ish – bola sog’lig’ini saqlash uchun barcha kerakli choralar ko’rilganligiga ishonch hosil qilish uchun o’z davolovchi shifokorlari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bolaning immun tizimini mustahkamlash uchun nima qilish mumkin?
1. Bolangiz to’yib uxlayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ko’plab bolalar uyquga to’ymaydilar hamda o’sish va kuchli immun tizimni rivojlantirish uchun yetarli hajmda uxlamaydilar. Uyqu yetishmasligi organizmda stressni chaqiradi va immun tizim kuchsizlanishiga olib keladi, bu bolalarni kasalliklar uchun yanada himoyasiz qilishi mumkin. Bola uchun kerakli tavsiya etilgan uyqu hajmi bola yoshiga bog’liq bo’ladi [5]:
- 4 oylikdan 12 oylik yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar sutkada 12 soatdan 16 soatgacha uxlashlari kerak (shu jumladan, kunduzgi uyqu);
- 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar – sutkada 11 soatdan 14 soatgacha (shu jumladan, kunduzgi uyqu);
- 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar – sutkada 10 soatdan 13 soatgacha (shu jumladan, kunduzgi uyqu);
- 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar – sutkada 9 soatdan 12 soatgacha;
- 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar – sutkada 8 soatdan 10 soatgacha uxlashlari kerak.
Bundan tashqari, genetik, xatti-harakat, tibbiy va ekologik omillar ta’sir etadigan uyquga ehtiyojlarning shaxsiy o’zgaruvchanligini hisobga olish kerak (ayrim odamlar faqat boshqalarga nisbatan ko’proq uxlashlari kerak yoki aksincha) [5].
2. Sog’lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling
Odamlar turli sabablar bo’yicha o’zlari va bolalari iste’mol qiladigan mahsulotlarni tanlaydilar. Ushbu sabablar orasida: shaxsiy afzallik, madaniyat, din, allergiya yoki chidamsizlik. Shuningdek, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari qiymati va mavjudligini ham hisobga olish kerak. Umuman, quyidagi mahsulotlar “sog’lom” ovqatlanish deb ataladi [6]:
● Ko’plab sabzavotlar, mevalar, dukkakli o’simliklar, yong’oqlar, dengiz mahsulotlari va butun g’alla mahsulotlarini o’z ichiga oladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
● Cheklangan miqdorli qizil va qayta ishlangan go’sht, zararli yog’lar, qand moddasi, tuzni saqlaydigan oziq-ovqat mahsulotlari.
Ayrimlar fikricha, immun tizimni mustahkamlaydigan ko’plab ozuqaviy qo’shimchalar mavjud. Aslida me’yoriy o’sayotgan, xilma-xil ovqatlanayotgan, yetarli miqdorda sut mahsulotlarini iste’mol qilayotgan va quyosh nuri tushib turadigan joyda bo’ladigan sog’lom bolalar uchun vitaminlar va minerallarni qo’shimcha qabul qilish zarurati yo’q. Ayrim tadqiqotlarda D vitaminining pastroq darajalari respirator infeksiyalari takrorlanish tezligi oshishi bilan bog’liq bo’lishi mumkinligi namoyish qilingan, biroq, ozuqaviy qo’shimchalar ushbu xavfni kamaytirishi yoki kamaytirmasligi ma’lum emas [7].
Bolalarda og’ir darajali oziq-ovqat yetishmovchiligi holatlarida, odatda, chuqur immun tanqisligi kuzatiladi. Muvozanatlangan oziq-ovqat rasioniga ega bo’lgan bolada bunday holat rivojlanishi ehtimoli kam.
3. Jismoniy faollik
Jismoniy mashqlar bizning sog’lig’imizni saqlaydi va kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Bolalar haqiqatan ham hech bo’lmaganda kuniga bir soat davomida faol bo’lishlari kerak. Bu albatta sport bilan jiddiy shug’ullanish yoki sport zaliga qatnashni anglatmaydi – bolalar maydonida o’ynash yoki sayr qilish o’rinli bo’ladi. Agar Sizning kuniga bir necha soat sport bilan jiddiy shug’ullanadigan farzandingiz bo’lsa, jismoniy mashqlar uning uxlashiga xalaqit qilmasligiga va ortiqcha toliqishni chaqirmasligiga ishonch hosil qiling, chunki ushbu har ikki holat ham immun tizim bilan bog’liq muammolarni chaqirishi mumkin.
4. Sizning farzandingiz yetarlicha ijobiy hissiyotlar olayotganligiga ishonch hosil qiling
Bolaning ruhiy holatini yetarlicha baholamaslik mumkin emas. Ba’zan tarbiyada diqqat markazi faqat bolani kiyim va yegulik bilan ta’minlashdan iborat bo’ladi, biroq oddiy insoniy mehr-muhabbat va qo’llab-quvvatlash qoidalarini unutib qo’ymaslik kerak. Bu, ayniqsa, bola organizmi uchun muhim. Chunki mehr-muhabbat va ruhiy xavfsizlik hissi bolaga har qanday stress vaziyatda nerv tizimi salomatligini saqlashga yordam beradi va buning oqibati sifatida mustahkam immunitetni ta’minlaydi.
5. Oddiy ehtiyotkorlik choralari to’g’risida unutmang
Oilaning barcha a’zolari sog’liqni saqlash uchun oddiy profilaktika choralarini bajarishlari mumkin, aynan esa:
- Qo’llarni yuvish
- Yo’tal va aksirishda yuzni tirsak bilan bekitish
- Imkon darajada bemor odamlardan uzoqroq turish
- Zarur hollarda, niqoblarni taqib yurish – bu, ayniqsa, jamoada infeksiyalar tarqalishidan saqlanishda yordam berishi mumkin.
Agar Sizning farzandingizda infeksiyaga qarshi kurashishni qiyinlashtirishi mumkin bo’lgan sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa, Siz amalga oshirishingiz mumkin bo’lgan har qanday qo’shimcha profilaktika choralari to’g’risida o’z shifokoringiz bilan suhbatlashing.
- Adapted from Schmitt 80; Your Child s Health. ed 2. New York. BantamBooks. Inc., 1991
- https://www.nhs.uk/conditions/diarrhoea-and-vomiting/
- Paediatr Child Health. 2005 Oct; 10(8): 493–495.doi: 10.1093/pch/10.8.493
- Andy Nellis. The constant cold: Why kids are always sick and what to do about it. January 10, 2022. Mayo Clinic Press Editors
- https://www.uptodate.com/contents/diet-and-health-the-basics?search=healthy%20diet&source=search_result&selectedTitle=2~150&usage_type=default&display_rank=2
- Bailey R L. Do dietary supplements improve micronutrient sufficiency in children and adolescents?J Pediatr. 2012 Nov;161(5):837-842.e3. Epub 2012 Jun 18.