Tana harorati oshishi sabablari va uni qanday to’g’ri pasaytirish kerak?
Mundarija:
1. Nima uchun tana harorati oshadi?
2. Tana harorati ko’tarilishining qanday turlari bo’ladi?
3. Yuqori tana haroratini pasaytirish usullari.
1. Isitmalash yoki yuqori tana harorati aksariyat infeksiyalarning xususiyatli belgisi hisoblanadi, biroq autoimmun patologiyalar qator infeksiya bo’lmagan kasalliklarda ham uchrashi mumkin.
Odamning me’yoriy tana harorati diapazoni, ilmiy ma’lumotlar dalolat berishicha, taxminan 35,3°C dan 37,7°C gacha o’zgarib turadi, peroral o’lchanganida o’rtacha 36,7°C ni tashkil qiladi. 35 488 nafar kishi ishtirok qilgan tadqiqotda rejali ambulator tashriflari vaqtida og’iz bo’shlig’i haroratining 243 506 marta o’lchovi amalga oshirilgan, o’rtacha tana harorati 35,3°C dan 37,7°C gacha diapazonida 36,6°C ni tashkil qilgan [1]. Me’yoriy tana harorati kun davomida o’zgarishi mumkin. Ushbu o’zgarish old gipotalamus, bosh miyada joylashgan termoregulyasiya markazi tomonidan nazorat qilinadi. Ertalabdan kechqurungacha me’yoriy kundalik tana harorati oshishi, odatda, 0,5°C ni tashkil qiladi. Biroq, isitmalashdan so’ng sog’aygan ayrim odamlarda ushbu sutkalik o’zgarish 1,0°C ga yetishi mumkin. Haroratni tekshirish periferik usullari (quloq pardasi, chakka arteriyasi, mushakosti va oral termometriya) markaziy usullar (o’pka arteriyasi, qovuq kateteri, qizilo’ngach va rektal termometriya) kabi unchalik aniq emas, biroq markaziy usullar amaliyotda kamroq qo’llaniladi [2].
2. Ko’pincha tana harorati oshishi isitma, giperpireksiya yoki gipertermiya deb atalishini eshitish mumkin, biroq bu sinonimlar emasligini bilish muhim. Jumladan, isitma – ichki pirogenlar (tana haroratini oshiradigan agentlar) ishlab chiqarilishi tufayli bosh miyada termoregulyasiya buzilishi bilan bog’liq bo’lgan, odam uchun kunduzgi diapazondan yuqori bo’lgan ichki tana harorati oshishi hisoblanadi. Isitmaning universal chegarasi yo’q, chunki me’yoriy tana harorati odamga, kun vaqtiga va o’lchash usuliga bog’liq bo’ladi. Me’yoriy tana haroratining sutkalik o’zgarishlarini hujjatlar bilan isbotlaydigan tadqiqotlarga asoslangan holda, ertalabki oral harorat >37,2°C yoki kunduzgi harorat >37,7°C isitma deb hisoblanishi mumkin. Biroq, amaliyotda ko’pincha haroratning umumiy chegarasidan foydalaniladi: >37,8°C. Termoregulyasiya markazi pirogenlar-neyromediatorlar otqinini boshqaradi, ularning ta’sirida adenozintrifosfat (ATF) va issiqlik ajratib chiqaradigan oqsillar ajratilishi yuz beradi. Issiqlik va termogenez saqlanishi uyg’unligi isitma patogenezini izohlaydi. Shuningdek, jigarda issiqlik mahsuloti ko’payadi. Mushaklar tomonidan issiqlik ishlab chiqarilishini oshirish uchun tanada titroq paydo bo’ladi. Haroratning tez oshishi yuz bergan holatda, darakchi sifatida titrash paydo bo’ladi.
Giperpireksiya – haddan tashqari yuqori haroratni (> 41,5°C) belgilaydigan atama bo’lib, u og’ir darajali infeksiyalar bo’lgan pasiyentlarda kuzatilishi mumkin, shuningdek markaziy nerv tizimiga qon quyilishlar bo’lgan pasiyentlarda ham kuzatilishi mumkin.
Garchi yuqori tana harorati bo’lgan aksariyat pasiyentlarda isitmalash kuzatilsada, ayrim holatlarda yuqori harorat gipertermiyadan dalolat beradi. Ularga issiqlik urishi sindromlari, ayrim metabolik kasalliklar va termoregulyasiyani buzadigan farmakologik preparatlar ta’siri tegishli. Misol sifatida, gipertermiya muayyan neyroleptik preparatlarni qabul qiladigan pasiyentlarda paydo bo’ladi va “xavfli neyroleptik sindrom” deb ataladi [3,4]. Isitmadan farqli ravishda, gipertermiyada termoregulyator markazi ko’rsatmasi o’zgarishsiz (ya’ni, normotermik darajada) qoladi, tana harorati esa nazoratsiz ravishda oshadi va issiqlik uzatish qobiliyatini bartaraf qiladi. Ekzogen issiqlik ta’siri va endogen issiqlik paydo bo’lishi – ikki mexanizmi yordamida gipertermiya ichki haroratning xavfli oshishiga olib kelishi mumkin.
3. Isitmani va giperpireksiyani qanday bartaraf qilish kerakligi to’g’risidagi masala tez-tez muhokama qilinadi. Davolash algoritmida aniq yagona fikr yo’q, chunki tana harorati oshishi barcha holatlari yakka tartibda yuz beradi [5]. Zero, ilmiy jamiyat allaqachon shunday xulosaga kelganki, agar tana harorati oshsa, ushbu sharoitlarda infeksiya qo’zg’atuvchisiga “immunitet ishlab chiqarilishi” yanada jadal yuz beradi va 38,5°C gacha tana haroratini pasaytirmaslik maqsadga muvofiq. Gipertermiya esa tana harorati oshishini chaqirgan manba istisno qilingan holatda, tana harorati me’yorgacha pasayadi, degan fikr mavjud. Shunday qilib, isitmani davolashda asosiy vazifa – asoratlar oldini olish va bosh og’rig’i, mialgiya va artralgiya kabi tizimli simptomlarni kamaytirishdan iborat. Shuni tushunish muhimki, isitma yoki gipertermiya kislorodga yuqori ehtiyojni va oldingi mavjud yurak yoki o’pka kasalliklari zo’rayishini o’z ichiga oladi. Sog’lom odamlarda tana haroratining tomir urishiga bog’liqligi yurak qisqarishlari takrorlanish tezligi har bir 1°C darajaga sakkiz marta yurak urishiga oshishi bilan liniyali xususiyatga ega. Tomir urish maromi buzilishlari bo’lgan pasiyentlar toifasi uchun taxikardiya kritik bo’lishi mumkin [6].
Yuqori tana haroratini qanday xavfsiz me’yorlashtirish mumkin? Jismoniy salqinlashtirish usullaridan tashqari isitmani tushiradigan preparatlar yanada samarali hisoblanadi. Biroq, dori preparatini tanlashda xavfsizlik profilini hisobga olish kerak, chunki nojo’ya reaksiyalar turli-tuman bo’lishi mumkin [7]. Masalan:
- Aspirin va ayrim nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) a’lo darajada isitmani tushiradigan xususiyatlarga ega. Biroq, ular me’da-ichak (masalan, gastrit, yara kasalligi), buyrak va antitrombositar ta’sirlarni chaqirishi mumkin va yurak-qon tomir hodisalari (masalan, miokard infarkti, insult) ko’payishi bilan bog’liq.
- Asetaminofen (parasetamol), ayniqsa, surunkali jigar kasalliklari bo’lgan pasiyentlarda va keksa yoshdagi pasiyentlarda gepatotoksiklikni chaqirishi mumkin.
- Glyukokortikoidlar gormonal fonga ta’sir etadi.
Shu tufayli keng turdagi preparatlar orasidan eng xavfsiz va samarali preparatni tanlash muhim. Ibuprofen molekulasi – dunyoda maksimal o’rganilgan, katta yoshdagi pasiyentlarda ham, bolalarda ham o’z samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlagan preparatlardan biri hisoblanadi [8]. Randomizasiyalangan nazoratli tadqiqotlar meta-tahlili ma’lumotlariga asosan ibuprofen eng yaxshi xavfsizlik profilida katta yoshdagi pasiyentlarda va bolalarda og’riq va isitmalash holatida parasetamol kabi samarali [9].
- Obermeyer Z, Samra JK, Mullainathan S. Individual differences in normal body temperature: longitudinal big data analysis of patient records. BMJ 2017; 359:j5468.
- Niven DJ, Gaudet JE, Laupland KB, et al. Accuracy of peripheral thermometers for estimating temperature: a systematic review and meta-analysis. Ann Intern Med 2015; 163:768.
- Karagianis JL, Phillips LC, Hogan KP, LeDrew KK. Clozapine-associated neuroleptic malignant syndrome: two new cases and a literature review. Ann Pharmacother 1999; 33:623.
- Gurrera RJ. Sympathoadrenal hyperactivity and the etiology of the neuroleptic malignant syndrome. Am J Psychiatry 1999; 156:169.
- Holgersson J, Ceric A, Sethi N, et al. Fever therapy in febrile adults: a systematic review with meta-analyses and sequential trial analyses. BMJ 2022; 378:e069620.
- Seneta E, Seif FJ, Liebermeister H, Dietz K. Carl Liebermeister (1833-1901): a pioneer of the investigation and treatment of fever and the developer of a statistical test. J Med Biogr 2004; 12:215.
- Charles A Dinarello, MD/Pathophysiology and treatment of fever in adults/UpToDateMay 2023.
- (Moore N. et al., 2015).